REGOS Software kompaniyasi jadal sur’atlarda rivojlanayapti va ulgurji va chakana savdoni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotini yaxshilayapti.

Mamnuniyat bilan bizning yangi web-dasturimiz – REGOS:Online ni tanishtiramiz.

https://regos.online

Endilikda bu dasturda erkin royxatdan o’tish mumkin!

Tizimga kirish sizga qulay bo’lgan brauzer orqali amalga oshiriladi. Bunda siz royxatdan o’zingiz mustaqil o’tasiz. Dasturning asosiy versiyasi do’kon hisobini olib borishning quyidagi asosiy funksiyalarini amalga oshiradi:

• Savdoni royxatga olish;
• Nomenklatura va pudratchilar ma’lumotnomalari bilan ishlash;
• Narx o’rnatish, omborni boshqarish va mahsulot sotib olish;
• Chakana savdo;
• Kassa bo’yicha hisobot va chakana savdoni ko’rib chiqish.

Bizning dasturiy ta’minot sanab o’tilgan funksiyalar bilan cheklanib qolmagan, agar sizga ko’proq funksiyalar va imkoniyatlar kerak bo’lsa siz hamisha biz bilan bog’lanishingiz mumkin.

Biz web-dasturimizning bepul sinov turini 3 kunga, hamda 7 kun ichida to’lov qilish imkonini taklif qilamiz. 

Bizning dasturiy ta’minot tijoratni avtomatlashtirishda va ish samaradorligini oshirishda sizga yordam berishiga aminmiz.

Sizni bizning mamnun mijozlarimiz qatorida ko’rishdan xursand bo’lamiz.

Hurmat ila,
REGOS Software.


 

Hurmatli foydalanuvchilar!

Sizga "Regos" servisida tizimga kirish tartibidagi muhim o’zgarish haqida xabar beramiz.

Sizning qulayligingiz uchun biz login va parol kiritish orqali tizimga kirish usulidan zamonaviyroq va xavfsizroq bo’lgan, sizning telefon raqamingizga asoslangan usulga o’tdik. Endilikda tizimga kirish uchun siz o’z telefon raqamingizdan foydalanishingiz kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, biz yuklamani tahlil qilish, to’lovlar tarixini ko’rish va oyma-oy abonent to’lovini to’lash imkoniyatlarini yaxshilagan holda, billing bo’limiga ma’lum bir o’zgartirishlar kiritdik. Bu barcha funksiyalar REGOS: Online shaxsiy kabinetining yon menyusida mavjud.

Bu o’zgarishlar bizning web-ilovamizdan foydalanish jarayonini yanada qulay qilishiga ishonchimiz komil.


Agar siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimlariga kira olmayotgan bo’lsangiz va sizda “Noto’g’ri login yoki parol” xatoligi chiqayotgan bo’lsa, u holda siz parolni tiklash amaliyotini bajarishingiz kerak bo’ladi.

Buning uchun bu (ссылка):
https://regos.online/uz/reset_password
havolaga o’tib, telefon raqamingizni kiritib, “Parolni o’zgartirish” ni bosing.

Parolni o’zgartirganingizdan keyin siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimiga telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin.

Agar sizda biron-bir savollaringiz qolgan bo’lsa, iltimos, bizning qo’llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat eting. @regos_uzbot

Hurmat ila,
REGOS Software.


Hurmatli tadbirkorlar!

20-noyabr 2020 yil sanadan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida majburiy raqamli belgilash (markirovka) amal qilishni boshlaganligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Ushbu chora mahsulotlar sifatini oshirishga qaratilgan.

 Belgilash quyidagi mahsulotlar uchun majburiy:

• Tamaki mahsulotlari 1-oktyabr 2022 yildan;
• Alkogol mahsulotlari 1-yanvar 2021 yildan;
• Pivo pishirish mahsulotlari 1-aprel 2021 yildan;
• Dori va tibbiyot mahsulotlari 1-sentyabr 2022 yildan;
• Suv va salqin ichimliklar 1-iyul 2023 yildan;
• Maishiy texnika
a) birinchi guruh 15-aprel 2022 yildan;
b) ikkinchi guruh 1-avgust 2022 yildan;
v) uchinchi guruh 1-noyabr 2022 yildan.

REGOS: POS dasturiy ta’minoti REGOS: VCR bilan biriktirilgan holda majburiy belgilash talab etiladigan mahsulotlar bilan ishlash jarayonini tez va qulay amalga oshirishni ta’minlaydi. Mahsulotni chekga qo’shish uchun belgini skanerlash kifoya qiladi.


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kelayotgan Navro’z bayrami bilan tabriklaymiz!

Ushbu kun barchamiz uchun muhimdir, chunki u yangi kun, yangi ko’klam, yangilanish va hayot tantanasi timsolidir!

Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va bizning hamkorligimiz samarali va bardavom bo’lishi uchun imkoni bor barchasini qilishga tayyormiz.

Ushbu kunda biz sizga baxt, sihat-salomatlik va ravnaq topishni tilaymiz. Sizning orzu va rejalaringiz ro’yobga chiqishini, biznesingiz yanada o’sib rivojlanishini tilaymiz. Biz sizni bu jarayonda qo’llab-quvvatlashga va maqsadingizga erishishda sizga yordam berishga tayyormiz.

Ezgu niyat ila Navro’z bayrami bilan, REGOS Software kompaniyasi!

Kelayotgan bayram munosabati bilan ofisimiz 18.03.2023y. dan 22.03.2023y. gacha yopiq bo’ladi.

23.03.2023y. dan bizning eshiklarimiz avvalgi 10:00 - 19:00 tartibda ochiq.


Aziz ayollar, sizlarni 8 mart – Xalqaro ayollar kuni bilan tabriklaymiz!

Sizlar hayotni yaxshiroq va yanada go’zalroq aylaysiz. Siz yoqimli tabassum bilan murakkab masalalarni yechasiz va yo’qki biron to’siq sizning muloyim nigohingiz qarshisida tik tura olsa.

Sizga quyoshli kunlar, bahorgi kayfiyat, baxt-saodat, sihat-salomatlik va kasbingizda yuksak cho’qqilarga erishishni tilaymiz! Xonadoningizdan mehr-muhabbat va inoqlik arimasin, hayot sizga to’xtovsiz yangi kuch-quvvat ato etsin.

Hurmat ila REGOS Software kompaniyasi!


 Kelayotgan bayram munosabati bilan sizga shuni ma’lum qilamizki 08.03.2023 da ofisimiz yopiq bo’ladi.

 09.03.2023 dan bizning faoliyatimiz avvalgi tartibda 10:00- 19:00 davom etadi.


Aloqa