Aziz do`stlar!
Biz Aprel oyida juda yaxshi ishladik va sizga shuni mamnuniyat bilan ma`lum qilamizki, bizning texnik yordam bo`limimiz yanada yaxshi va tezroq bo`ldi!

Biz kompaniya ichidagi ichki jarayonlarni optimizatsiya qildik va quyidagi vazifalarni bajardik:

1. Yangi qulay regos.uz saytni ishga tushirdik, bu erda siz bizning barcha kontaktlarimizni va hamkorlarimiz kontaktlarini topasiz.

2. Regos.uz va easytrade.uz saytlarimizda onlayn chatni ishga tushurdik. Ushbu chatda operatorlarimiz bizning mahsulotlarimiz haqidagi har qanday savolingizga javob beradi.

3. @regos_uzbot telegram bot qo`llab-quvvatlash xizmatini ishga tushirdik. Siz endi barcha texnik savollaringizni botga yo`naltirishingiz mumkin. Operatorlarimiz sizning muammoingizni tezroq hal qilishadi.

4. Va eng muhimi, biz xizmat ko`rsatish sifatini oshirish uchun yagona Call-markazini ishga tushirdik:

+998 55 501 00 30

Bizning dasturlarimiz bilan ishlash bo`yicha har qanday savollaringiz bo`lsa, siz uchun qulay bo`lgan har qanday aloqa kanallaridan foydalangan holda biz bilan bog`laning! Sizni ko`rganimizdan har doim mamnunmiz!


 

Barchangizga bahor iliqligi va hamma narsada yaxshi o'zgarishlar tilaymiz. Sog'liq, baxt va barcha ishlaringizda muvaffaqiyat sizga yoldosh bolsin! Doimo ajoyib kayfiyatda bo`ling! Ushbu kunda sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin!

Shuningdek, sizga shuni ma'lum qilamizki, bayram kunlari munosabati bilan ofis 20 martdan 22 gacha yopiq. 27 mart - ish kuni.


Aloqa